Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: kursdowlar
27 июл 06:06 bu voqea shu yil bugan, sentyabrda. gruppada 20ta uqimiz shundan 9tasi qiz. ...davomi
18000 ga Ishonchli jinsiy aloqa!
Купить рекламу 50 руб.
Библиотека | Boshqalar
1 2 >>

Taqdir. I qism

Добавил:EroMaster (28.09.2014 / 17:00)
Рейтинг:rating 80626 article (1)
Прочтений:13115
Комментарии:Комментарии закрыты
"Sizlarga yangi serial-hikoyamni taqdim etyapman. Bu hikoya erotikadan yiroq."

Muallif: EroMaster

Taqdir.
1-qism.
Yigit nomidan.

-G'irt ovsarsanda o'ziyam, -dedim do'stimni koyib.
-Uff, nima qile, aytgandimku qizlarga gapirolmiman deb! -o'zini oqlashga tushdi u ham.
-Ey durak, men o'rgatgan gaplarni gapirish qiyinmidi shunchalik?
-O'zingam ko'rdingku qizni, dovdirab qoldimda.
-Dovdirsanda o'zi! Yana bo'lsa uylanarmish, undan ko'ra erga teg!
-E qo'y shu gaplarni, mengayam yoqadigan qiz chiqib qolar.
-Senga luboy qiz yoquradi, nu sen ularga yoqmaysan! Mashinangni qayoqqa qo'ygansan?
-Ana, ko'chani narigi tomonida turibdiku.
Men indamay ketaverdim. Lekin shu vaqt yonimdan juda ma'yus holatdagi qiz o'tib qoldi. Huddi butun dunyo g'am tashvishlari uni yelkasiga tushgandek. E yo'q, bugun bittasini kayfiyati yo'qligiyam yetadi. Bu qiz bunaqa yurmasligi kerak. Bo'lmasa uyga borganimda ham uni o'ylayveraman.
-Ha yaxshi qiz, mushukchezi o'g'irlashdimi?
U bir og'iz ham gapirmadi. Hatto qarab ham qo'ymadi. O'ylashimcha eshitmadi ham. O'sha ma'yus nigohlarini uzoq bir nuqtaga qadaganicha ketib borardi. Qo'lidagi sumkasi yerga tegar-tegmas osilib borardi. Negadir bu holat menga yoqmadi, qiz bizni yo'nalishimizga teskari borardi, men ortga qadam tashlab, yana unga gapirdim:
-Ha topdim, eshitish apparatiz yo'qolgan a?
U yana indamadi. Tavba, nega gapirmayapti? Unga negadir qiziqa boshladim. Tez-tez qadam tashladimda, uni oldiga o'tib, yo'lini to'sib oldim.
-Avaz! -deya meni chaqirdi do'stim. Men unga qaramadim. Oldimdagi qizni yuziga tikilgancha turardim.
U to'xtab qoldi va asta yuzini ko'tardi. Uning yuzini to'laroq ko'rarkanman hayron qolardim. U juda go'zal edi. Nega endi yaratganning bu nodir asari tushkun holatda yuribdi?
U menga savol nazari bilan qarab turaverdi. U shu holatida ham shunchalik mahzun ediki, tasalli berish uchun quchoqlab olishim mumkin edi. Uning lablari bilinar-bilinmas qimirlay boshladi. Nimadir derdiyu lekin ovozi chiqmasdi. Yana bir qadam tashlashni boshlagandi hamki boshi aylandimi, oyog'i toyib ketdi. Men ham tezlik bilan belidan ushlab tutib qoldim. U ko'zlarini bazo'r ochayotgani bilinib turardi.
-Agar kayfiyatiz yaxshiroq bo'lganida, mendek ketvorgan yigitni ilintirish uchun ataylab yiqildiz deb o'ylagan bo'lardim.
U qiz hamon gapirmasdi. Yiqilgan qizni tutib turganimni ko'rgan do'stim Jahongir yonimga yugurib keldi:
-Tinchlikmi?
-Bu qizni olib borib qo'yaylik.
-Aha, mayli, men mashinani olib kelaman.
Jahongir ortiga qarab yugurib ketdi.
-Keling endi yaxshi qiz, o'rnimdan turaqolin, qolganini uyda quchoqlashamiz, -shunday deb qizni turgazdim va yelkasidan ushlab yurishiga ko'maklashdim. U so'zsiz yurib borardi.
Jahongir oppoq Lacettini bizga yaqin joyga to'xtatdi. Orqa eshikni ochib, yonimdagi go'zalni o'tkazdim. Haydovchi yonidagi o'rindiqqa o'tirarkanman, ortga burilib, qizga qaradim:
-Qayerda yashaysiz?
Jahongir mashinani yurgizib borardi. Qiz zo'rg'a manzilini aytdi. Uning ovozi chiroyda tengsiz yuziga juda yarashib turardi. Uning ko'zlari hamon juda ma'yus edi. Bu ma'yus ko'zlar har qanday odamni o'yga toldirar edi.
Taxminan o'n besh daqiqalarda qiz aytgan manzilga yetdik. Ko'p qavatli uy yonida to'xtab, orqa eshikni qizga ochib, uni kuzatar ekanman, u hamon holsiz ekanini, yuqori qavatlarga chiqa olmasligini payqadim. Uning yelkasidan tutgancha, podyezdga kirdim. Aksiga olib, podyezdga lift o'rnatilmagan ekan. Zinalardan bir-bir bosib ko'tarila boshladik. U har doim o'zi qadam bosishga intilardiyu, men bunga imkon bermasdim. U esa menga qarshilik qilmasdi. Uchinchi qavatga chiqqanimizda u bir eshik tarafga qadam tashladi. Men o'sha eshik qo'ng'irog'ini chaldim. Zum o'tmay eshik ochilib, yonimdagi qiz tengi qiz ko'rindi:
-Mohinur? Nima bo'ldi? -qiz bir menga, bir Mohinurga savol nazari bilan qarardi.
-Holdan toygan, ichkariga olib kiraylik, -dedim, yurishga shaylanib.
-Ha-a, albatta-albatta, -qiz shunday deb eshikni kengroq ochib, chetga chiqdi.
Oyoq kiyimimni yechib o'tirmay, Mohinurni o'zimga suyab, ichkariga olib kirdim. Eshikni ochgan qiz pildirab oldimga o'tdi va yon tomondagi xona eshigini ochdi:
-Bu yoqqa.
Men Mohinurni xonaga olib kirdim, xonada 2ta o'rin bor edi. Yig'ishtirilibroq turganiga Mohinurni yotkizdim. U hamon o'sha ma'yus nigohlarini bir nuqtaga qadab yotardi. Men eshikni ochgan qizni ortidan tashqariga chiqdim.
-Siz kimsiz? -savolga tutdi qiz.
-Shaxzodaman, oq otim qolib ketibdi, shunga oq Lacettida kelaverdim, -dedim hazil qilib. U qiz ham kulib yubordi.
-Ismi Mohinurmi? -davom etdim, -juda yarashar ekan.
-Nima hali ismini ham bilmaysizmi? Unga kim bo'lasiz o'zi?
-Hozircha hechkim, kelajakni bilib bo'ladimi. Ko'chada shu holatiga jim qarab tura olmadim. Nima bo'ldi o'zi?
-Meni ham xabarim yo'q. Ertagacha o'ziga kelsinchi, keyin so'raymanda.
-Bu uyda. . . Faqat chiroyli qizlar yashaydimi yo katta odamlar ham bormi?
-Jinnivoy, -dedi u hazil bilan yelkamga urib, -bu uyda ijaraga turamiz.
-Ha yaxshida. Men shuyerda ham turaveraman, menga parvo qilmang.
-A? Voy o'lmasam, aytgancha, kiring buyoqqa, hozir choymi kofemi damlab beraman.
Qiz oshxonaga o'tib ketdi. Men eshik yoniga oyoq kiyimimni yechib kelib, ichkari xonaga kirdim va divanga o'tirdim.
-Qayerda o'qiysizlar? -so'radim oshxona tarafga qarab.
-Universitetda, filologiyada.
-Tugatay deb qoldinglarmi?
-Qayoqda, endi birinchi kursmizku.
-Nima, hali o'ttizga kirmaganmiz demoqchimisiz?
Qiz yana kulib yubordi va javob berdi:
-O'ttizga kirishimizga yana o'n bir yil borku.
Ana, yoshini ham, qayerda o'qishini ham bilib bo'ldim. U qiz qo'lidagi bokalni qoshiqcha bilan aralashtirib kelib, yonimga qo'ydi.
-Haya, ismimni so'ramadizku? -dedim ayyorona jilmayib.
-Voy hayol qursin, ismiz nima?
-Agar ismizi aytsez, keyin Avaz ekanini aytaman.
-Men Ruhshonaman, -dedi qiz yana kulib olgach.
Pastdan uzun-uzun signal ovozlari eshitildi.
-Sizi mashina kutmayotganmidi? -so'radi Ruhshona.
-Voy palakat, Jahon o'ldiradi endi, -dedimu o'rnimdan turdim. Shosha-pisha eshikka yugurib, oyoq kiyimimni kiydim. Eshikdan chiqar ekanman, ichkariga luqma tashlab qo'ydim:
-Tanishganimdan hursandman, ertaga kelaman xabar olishga!
Mashinada Jahongir betoqatlanib o'tirar edi. Mashinaga o'tirishim bilan zaxrini socha boshladi.
-E qo'y shu gaplarni, qara, qanday go'zal qiz bilan tanishdim.
-Senga qizlar bo'lsa bo'ldi, og'aynilaring odam emas! -u shunday deb gazni bosdi.
Jahongir meni mahallamda qoldirib, o'zi uyiga ketdi. Uyga kirganimda oyim hovli supurish bilan band edi.
-Iyee oyi yana nima qilyapsiz odamni jahlini chiqarib?
-Yana nima qibman, bolam?
-Kap-katta odam, hovli supuradimi? Qani erkatoy qiziz?
-Hali o'qishdan qaytgani yo'q, bugun kursdoshlari bilan yig'ini bor ekan.
-Hali kelsin, mendan eshitadiganini eshitadi.
-Ey o'g'lim qo'y, shu singlingni ko'nglini og'ritma. Undan ko'ra kelin top, baribir singling ham erga tegib ketadi, keyin yana o'zim supurishimga to'g'ri keladi.
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов