Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: N.I. Meni kechir RANO
Ra’no jilmaydi. Uning husn-jamolini yanada goʻzallashtirgan tabassumini koʻrdim-u, dovdirab qolib, s...davomi
Библиотека | Boshqalar

Xatolarimdan biri 3 yakun

Добавил:JAZZBOY (13.11.2016 / 06:38)
Рейтинг:rating 211313 article (0)
Прочтений:7556
Комментарии:Комментарии закрыты
Ehhh... Shayton u dunyoda Odam (a.s)ni jannatdan quvilishiga sababchi bölgandek, bu dunyoda ham odamlarni baxtiga tög'anoq böladi shekilli. Yoki öz nafsimiz sababchi böladi. Men ham mana shu ötkinchi hirsni deb pokiza sevgidan quruq qoldim...
Ishxonada hamma menga U meni sevishini aytishardi. Nega unaqa deyishayotganini sörasam ular "sizi qizlar yomonlashiga yöl qöymedi, sizi maqtab gapiröradi" deyishardi. Özim ham buni sezardim lekin, boya aytganimdek hirsga berilib yangi tanishgan juvon bilan hayolim köproq band bölgan ekan.
Bir kuni netda ösha bilan gaplashib tursam, u yonimga keldi. Qandaydir hafsalasizlik bilan "uyimizga sovchilar kelishyapti, dadamgayam maqul böptikan" dedi. Közlari "men nima qilay" derdi. Men esa gaplariga e'tibor bermay "yangi ish" b.n yozishardim. E'tiborsizlik b.n "dadeyizga yoqqan bösa, höp divorörin" deb, yozishaverdim.
Unga "oq kiyildi". 1 haftadan keyin ishdan chiqib ketadigan böldi. Meni esa oyim Samarqandga ketdilar. (oilada oyim ikkimiz holos). Yöqliklaridan men ham foydalanib ösha kecha "yangi ish"ni kvartiraga olib bordim...
Dushanba kuni ishga chiqqanimda uni topolmadim. Ishdan chiqib ketganini brigadir opa aytib qoldi. Nimaga chiqib ketgani, töyi bölayotgani, umuman nimalar bölganini özim ham keyin tushunib yetayotgandim. Hammasi kech bölgandi. Bir kuni brigadir opa ham "u sizi yaxshi körardi, siz e'tibor bermay yurardiz, chiqib ketishidan oldin rosa yig'lagandi manga... e uka shunde qizdan quruq qoldiz" deb qoldi. Özim ham uni sevib qolganimni keyin tushundim. Mana haligacha özimni yomon körib ketaman ösha ishdan beri.
Töyiga yaqin taklifnoma berish u.n keldi. Hammaga tarqatib bölgach, negadir xayrlashib olishimiz u.n bölgandek hech kim qolmadi. Menga xat berdi. Men esa "baxtli böling" deyoldim holos. Shu payt u yig'lab yubordi va "hammasiga siz aybdorsiz" dedi...
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top